Rossiya JSTdan chiqdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Federatsiyasi Jahon sayyohlik tashkilotidan chiqdi. Mamlakat hukumati Tashqi ishlar vazirligining tegishli taklifini ma’qulladi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Rossiya Federatsiyasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi federal qonunning 36-moddasiga muvofiq, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining manfaatdor federal ijroiya organlari bilan kelishilgan Rossiya Federatsiyasining Jahon sayyohlik tashkiloti tarkibidan chiqishi to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin”, deyiladi hujjatda.

27 aprel kuni Rossiya faoliyati siyosiylashtirilgani sababli Jahon sayyohlik tashkiloti (JST) tarkibidan chiqish niyati borligini ma’lum qilgandi. Shu kuni JST Bosh Assambleyasi navbatdan tashqari yig‘ilish chog‘ida “Ukrainada davom etayotgan harbiy hujumlar munosabati bilan” Rossiyaning tashkilotga a’zoligini to‘xtatishga qaror qildi. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova bu qarorni “siyosiy ikkiyuzlamachilik namunasi” deb atadi va G‘arb davlatlari bu tashkilotdan o‘z manfaatlari yo‘lida, jumladan, Rossiya Federatsiyasini kamsitish maqsadida foydalanayotganini ta’kidladi.

Rossiya SSSRning huquqiy vorisi sifatida 1991 yildan beri JSTda ishtirok etib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Jahon sayyohlik tashkiloti

Baholaganlar

472

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing