Rossiya yo‘llarida yana bir o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 16 fevral kuni Rossiyaning Chelyabinsk viloyati hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumot berdi.

YTH Chelyabinsk–Troitsk trassasida sodir bo‘lgan. Natijada 2 kishi, jumladan O‘zbekiston fuqarosi Z.S. vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan hamda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning jasadini Vatanga jo‘natish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti YTH munosabati bilan hamdardlik izhor etdi hamda Rossiyaning Ural federal okrugi hududida bo‘lib turgan fuqarolarga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33.


Maqola muallifi

Teglar

YTH o'zbekistonlik

Baholaganlar

74

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing