Rossiya Yevropaning Ukrainaga qo‘shin yuborishidan xavotirda – Peskov

Olam

image

Rossiya hokimiyati Yevropaning Ukrainada o‘z qo‘shinlarini joylashtirish rejalari haqidagi barcha xabarlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda va ular mamlakatga xavotir uyg‘otmoqda. Bu haqda bugun, 20 fevral kuni Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan brifingda so‘z ochdi.

Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa yaqin kunlarda bir-biriga zid bo‘lgan bayonotlar taqdim etmoqda.

“Biz bu xabarlarning barchasini, yevropaliklarning bu boradagi ba’zan qarama-qarshi rasmiy bayonotlarini diqqat bilan kuzatib bormoqdamiz. Bu bizni tashvishga solmoqda, chunki biz harbiy kontingentlarni yuborish haqida, NATO davlatlarining harbiy kontingentlarini oxir-oqibat Ukrainaga yuborish mumkinligi haqida ketmoqda, bu bizning xavfsizligimiz nuqtai nazaridan butunlay boshqacha ma’no kasb etadi, shuning uchun bu mavzu biz uchun muhim”, degan Peskov.

“Kommersant” nashriga ko‘ra, Peskovning bu so‘zlari Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmerning AQSH Prezidenti Donald Trampga topshirmoqchi bo‘lgan Ukrainada tinchlikparvar kontingentni joylashtirish rejalari haqidagi ma’lumotga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Yevropa Ittifoqi, shuningdek, Kanada, Islandiya va Norvegiya vakillari bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunida Yevropa Ukrainada xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga tayyor ekanini bildirgandi. Makronning so‘zlariga ko‘ra, Yevropaning maqsadi AQSH Prezidenti Donald Trampning urushni yakunlash istagi bilan mos keladi. Unga ko‘ra, Yevropaning tinchlik sa’y-harakatlari quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:

Ukraina ittifoqdosh bo‘lib qolishi va uning manfaatlari e’tiborga olinishi lozim;

Tinchlik uzoq muddatli bo‘lishi va ishonchli kafolatlar bilan mustahkamlanishi kerak;

Yevropa xavfsizligiga e’tibor berish majburiy shart bo‘ladi.

Qolaversa, AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati ham agar Rossiya kelajakdagi tinchlik kelishuvini buzsa, Ukrainani avtomatik ravishda NATOga qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqilishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Rossiya-Ukraina Ukraina Dmitriy Peskov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing