Rossiya Yevropaga nisbatan gibrid hujumlarini kuchaytirmoqda – Ryutte
Olam
−
05 noyabr
3167Rossiya Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgan NATO davlatlariga gibrid hujumlarni kuchaytirmoqda. Bu haqda NATO Bosh kotibi Mark Ryutte kecha, 4 noyabr kuni Berlinga safari chog‘ida ma’lum qildi.
“Bizning ittifoqchilarimiz hududida kuchayib borayotgan gibrid hujumlar, demokratik tizimlarimizga bevosita aralashuv, sanoatga sabotaj va zo‘ravonlik harakatlari – bularning barchasi front chizig‘ining o‘zgarayotganidan darak bermoqda”, dedi u.
Ryuttega ko‘ra, Ukraina urushi allaqachon uning chegaralaridan tashqariga chiqib, Boltiqbo‘yi mintaqasi, G‘arbiy Yevropa va hatto Uzoq Shimolga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bundan tashqari, NATO Bosh kotibi AQSH prezidentlik saylovlarida kim g‘alaba qozonishidan qat’i nazar Oq uyning yangi rahbari Birinchi jahon urushidagi xatoni takrorlamasligini va Yevropani tark etmasligini bildirdi. Ryutte, shuningdek, kun kelib Ukraina NATO a’zosi bo‘lishiga ishonch bildirgan va mamlakatning alyansga kirishi yo‘lidagi “ko‘prik” allaqachon qurilayotganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mark Ryutte NATO Mudofaa vazirlari yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida NATO Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va o‘z zaxiralarini to‘ldirish uchun Rossiya chegaralarida o‘zining harbiy ishtirokini ko‘paytirish, qurol ishlab chiqarish va sotib olishni davom ettirishini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr