Rossiya YeIga intilayotgan Moldovani ogohlantirdi
Olam
−
08 noyabr 2023
11984Moldova suverenitetdan voz kechish yo‘lini belgiladi va G‘arb mustamlakachilik siyosatining navbatdagi qurboni bo‘lish xavfi bor. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev bugun, 8 noyabr kuni Moskvada o‘tayotgan MDHdagi mavqedoshlari bilan uchrashuvda so‘z ochgan.
“Moldova rahbariyati G‘arb bosimi ostida va o‘z xalqining fikriga zid ravishda Yevropa Ittifoqiga kirish, ruminlashtirish, suverenitet va milliy o‘zlikni anglashdan voz kechish yo‘lini belgilab oldi. Aslida Moldova G‘arb mustamlakachilik siyosatining navbatdagi qurboni bo‘lib qolish xavfi bor, bu siyosat ochiq, qo‘pollik va beadablik bilan, xalqaro huquq va mamlakat qonunlari, jumladan, konstitutsiyani buzgan holda olib borilmoqda”, deydi u.
Ma’lumot uchun, bugun, 8 noyabr kuni MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik kengashlari kotiblari o‘zining yillik yig‘ilishi uchun Moskvaga to‘plandi. Tadbirda Rossiya tomonidan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ishtirok etmoqda.
Uchrashuvda MDH makonida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashning dolzarb muammolari, shuningdek, xavfsizlik sohasida mamlakatlarning ikki va ko‘p tomonlama formatdagi amaliy hamkorligi masalalari muhokama qilinadi.
Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashi kotiblarining yillik yig‘ilishi 11-marotaba o‘tkazilmoqda. Avvalgisi 2022 yilning noyabrida Moskvada bo‘lib o‘tgan.
LiveBarchasi