Rossiya vaksinasi O‘zbekistonga qachon yetib keladi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Rossiya mutaxassislari COVID-19 koronavirusiga qarshi “Sputnik V” vaksinasi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. 2020 yil oxirigacha ushbu preparat O‘zbekistonda qo‘llanilishi ehtimoldan yiroq. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi vakili RIA Novostiga ma’lum qildi.

Sentyabr oyida Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi O‘zbekiston farmatsevtika kompaniyasi Laxisam bilan 2020-2021 yillarda O‘zbekistonga 35 million dozagacha “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish to‘g‘risida kelishib olganini ma’lum qildi. Keyinroq, Laxisam vakili O‘zbekistonning nazorat qiluvchi organlari bilan vaksina yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishish harakatlari davom etayotganini qo‘shimcha qildi. Shuningdek, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi 5 ming doza “Sputnik V” preparatiga buyurtma berganini ma’lum qildi.

“Bu masala hali ko‘rib chiqilmoqda, ehtimol yil oxirigacha amalga oshmasa kerak. Texnik jihatdan imkonsiz, vaqt qolmagan”, degan agentlik vakili O‘zbekistonda vaksinani qo‘llash muddati haqidagi savolga javoban.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda Rossiya vaksinalarini qo‘llash masalasi ikki tomonlama ko‘rib chiqilmoqda.

Avvalroq, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov 2021 yil iyungacha O‘zbekiston aholisining 60 foizini COVID-19 ga qarshi emlashni rejalashtirayotganini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

368

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing