Rossiya vaqtinchalik yashash kvotasi miqdorini pasaytirmoqchi

Olam

image

Rossiya hukumati 2026 yilda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Rossiyada vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma kvotasini qisqartiradi. Bu haqda Rossiya hukumatining farmoyishiga tayanib, TASS xabar berdi.

“2026 yilga qadar xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Rossiya Federatsiyasida vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomalar berish hududlar bo‘yicha taqsimlansin, shuningdek, 3802 ta kvota belgilansin”, deyiladi hujjatda. 

Shunday qilib, 2026 yil uchun Rossiya hukumati jami 3802 ta vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma kvotasini ajratgan. Joriy yilda 5500 ta litsenziya berilgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 10 mingdan ortiq bo‘lgan.

“Kvota miqdori har bir hududdagi migratsiya holati va iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda, mintaqaviy takliflar asosida belgilanadi. Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan migratsiya vaziyati tahliliga ko‘ra, 2025 yilda barcha hududlarda kvotadan past darajada foydalanilgan. Birinchi navbatda, talabnoma beruvchilarning belgilangan mezonlarga javob bermagani aniqlagan. Shunday qilib, 2025 yilning yanvar-iyul oylarida belgilangan kvotaning atigi 17,5 foizidan foydalanilgan”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga uch yil muddatga Rossiya Federatsiyasida yashash va ishlash uchun beriladi. Bu migrantlarga patentsiz ishlash imkoniyati, sog‘liqni saqlash sohasidagi ijtimoiy kafolatlar kabi qator imtiyozlarni taqdim etadi. Shuningdek, ularga fuqarolik olish uchun ariza topshirish imkonini beradi. Ruxsatning amal qilish muddati tugagach, uni uzaytirish mumkin emas. Shundan so‘ng, chet el fuqarolari qaytadan yashash ruxsatnomasini olishi yoki mamlakatni tark etishi kerak. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ruxsatnoma olishga uringan va yuqumli kasalliklarga chalingan 4500 ga yaqin chet el fuqarosi Rossiyadan deportatsiya qilingani haqida xabar berilgandi.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya vaqtinchalik yashash kvotasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing