Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi poyezd qatnovi qachon qayta tiklanishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
09 iyun 2022
12546Joriy yilning 23 iyunidan boshlab Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi temir yo‘l qatnovi tiklanishi mumkin. Bu haqda “Rossiya temir yo‘llari” OAJ Matbuot xizmati xabar berdi.
“Biz O‘zbekiston bilan yo‘lovchi temir yo‘l aloqasini tiklayapmiz”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 23 iyundan boshlab “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati poyezdi haftada bir marta: Toshkentdan payshanba kunlari, Samaradan yakshanba kunlari qatnay boshlaydi.
O‘zbekiston poytaxtidan Volgograd yo‘nalishidagi poyezd 25 iyundan boshlab qatnovini tiklaydi va haftada bir marta shanba kuni, qarama-qarshi yo‘nalishda esa seshanba kuni harakatlanadi.
Mazkur yo‘nalishdagi poyezd chiptalari tez orada sotuvga chiqadi. Yo‘lovchilar chiptalarni jo‘nashdan 45 kun oldin sotib olishi mumkin
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 14 iyundan boshlab temir yo‘l orqali kelayotgan O‘zbekiston fuqarolarining kirishiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qiladi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi xalqaro yo‘lovchi poyezdlari qatnovi 2020 yil martida koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtatib qo‘yilgan edi.
LiveBarchasi