Rossiya va O‘zbekiston xavfsizlik kengashlari hamkorlik rejasini imzoladi

Olam

image

Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, muzokaralar chog‘ida mavqedoshlar Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilgan, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hurmat va bir-birlarining manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslangan o‘zgarmasligini ta’kidlagan. 

Uchrashuv yakunida ikki davlat xavfsizlik kengashi apparatlari o‘rtasida 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolangan. 

Ma’lumot uchun, kecha, 8 noyabr kuni MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik kengashlari kotiblari o‘zining yillik yig‘ilishi uchun Moskvaga to‘plandi. Tadbirda Rossiya tomonidan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ishtirok etmoqda. 

Uchrashuvda MDH makonida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashning dolzarb muammolari, shuningdek, xavfsizlik sohasida mamlakatlarning ikki va ko‘p tomonlama formatdagi amaliy hamkorligi masalalari muhokama qilinadi. 

Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashi kotiblarining yillik yig‘ilishi 11-marotaba o‘tkazilmoqda. Avvalgisi 2022 yilning noyabrida Moskvada bo‘lib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nikolay Patrushev Viktor Mahmudov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing