Viktor Mahmudov Moskvada MDH yig‘ilishida qatnashdi
Olam
−
12 noyabr
5238Joriy yilning 7 noyabr kuni Moskvada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning Xavfsizlik kengashlari kotiblari ishtirokida XII yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov ham ishtirok etdi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berildi.
Rossiya Federatsiyasi xavfsizlik Kengashi kotibi Sergey Shoygu raisligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda natsizm mafkurasining tiklanishiga qarshi kurash, axborot va kiberxavfsizlik masalalari, shuningdek, suverenitetni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
Yig‘ilishda Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblari ham ishtirok etgan.
Shuningdek, Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu mamlakat Prezidenti Vladimir Putining murojaatini o‘qib eshittirgan.
Unga ko‘ra, muhokamaga qo‘yilgan masalalar nihoyatda muhim va dolzarb. Ushbu muammolarni samarali hal qilish MDH davlatlarida ko‘p tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, jamoaviy xavfsizlikni ta’minlash, milliy iqtisodiyotlarning o‘sishi va integratsiya jarayonlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratishga katta hissa qo‘shadi.
Bundan tashqari, uchrashuvda tomonlar zamonaviy sharoitlarda xalqaro xavfsizlikka tahdid va xatarlar, MDH davlatlari o‘rtasida axborot xavfsizligini ta’minlash borasidagi asosiy hamkorlik yo‘nalishlari, shuningdek, Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Viktor Mahmudov Sankt-Peterburgdagi “Ekspoforume”da bo‘lib o‘tgan xavfsizlik masalalari bo‘yicha oliy vakillarning XII xalqaro yig‘ilishida qatnashib, Markaziy Osiyo davlatlari tashqi kuchlar tomonidan bosimga uchrayotganini aytgan edi.