Rossiya va Ukraina rahbarlarining uchrashuvi muhokama qilina boshladi – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning aytishicha, Kiyev va Moskva muzokarachilari uning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan ehtimoliy shaxsiy uchrashuvini muhokama qila boshlagan. Bu haqda Zelenskiy bugun, 25 iyul kuni Kiyevda jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Biz urushga chek qo‘yishimiz kerak va bu, ehtimol, shunday uchrashuvdan boshlanadi”, dedi Prezident

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda bunday uchrashuvning formati muhokama qilinmoqda va bu boradagi muzokaralarda hozirdanoq ma’lum yutuqlar mavjud.

Ikki kun avval Istanbulda bo‘lib o‘tgan Moskva va Kiyev o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarning uchinchi raundida Ukraina avgust oyida yangi, ammo eng yuqori darajada uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgan edi. Shunday qilib, Kiyevning fikricha, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida tinchlik kelishuviga erishish uchun AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan Moskvaga berilgan 50 kunlik muddatga amal qilinadi.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa 24 iyul kuni Rossiya va Ukraina Prezidentlarining uchrashuvi “bu muzokaralar natijalari qayd etilishi uchun barcha ishlar amalga oshirilganidan” keyingina mumkin bo‘lishini aytdi. Shu munosabat bilan Kreml davlat rahbarlarining avgust oyi oxirigacha uchrashishi dargumon, deb hisoblamoqda.

Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarning uchinchi raundini sharhlar ekan, Peskov faqat Rossiya Federatsiyasi u yerda o‘zining konstruktiv kun tartibini belgilab berganini ta’kidladi, “bu esa mazmunli ishlarga yo‘naltirilgan va aniq natijalarga erishishga olib kelishi mumkin”.

23 iyul oqshomidagi muzokaralarning uchinchi raundida Ukraina delegatsiyasiga Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov boshchilik qildi. Rossiya delegatsiyasi rahbari etib yana Rossiya Prezidenti yordamchisi, Rossiya tarixi darsliklari muallifi Vladimir Medinskiy tayinlandi. Uchrashuv taxminan 40 daqiqa davom etdi. TASS agentligi xabariga ko‘ra, tomonlar harbiy va fuqarolik xodimlarini almashish bo‘yicha kelishib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing