Kiyev avgust oxirigacha Putin va Zelenskiy uchrashishini taklif qildi

Olam

image

Kiyev Rossiya tomoniga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuvni avgust oyi oxirigacha o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda kecha, 23 iyul kuni Istanbulda Rossiya Federatsiyasi bilan tinchlik muzokaralarida qatnashgan Ukraina delegatsiyasi rahbari Rustam Umarov uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Umarovning ta’kidlashicha, Ukraina doimiy ravishda yetakchilar uchrashuvini yoqlab keladi.

“Biz bunga kecha tayyor edik. Bugun tayyormiz. Ertaga ham tayyor bo‘lamiz. Bunday uchrashuv haqiqiy siyosiy taraqqiyot yo‘lini ochishi mumkin. Rossiya o‘z tayyorligini namoyish qilishi kerak”, dedi u.

Umarov Turkiyaga vositachilik sa’y-harakatlari va muzokaralarni uyushtirgani uchun minnatdorlik bildirib, uni “muloqot va tinchlik uchun muhim platforma” deb atadi. Delegatsiya rahbari Ukraina mahbuslarni almashish masalasida keyingi taraqqiyotni kutayotganini ta’kidladi.

Uning xabar berishicha, uchrashuv chog‘ida Rossiya tomoni uch yildan ortiq asirlikda bo‘lgan shaxslarni qaytarishga rozi bo‘lgan. Umarovning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina harbiy va fuqarolik mahbuslarni keyingi almashish bo‘yicha kelishib olgan va asirlarni almashish bo‘yicha muzokaralarning yangi bosqichini o‘tkazmaydi.

“Biz adolatli va barqaror tinchlikka erishish – butun xalqimizni, jumladan, Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilingan bolalarni qaytarish uchun muzokaralar jarayonini davom ettirmoqdamiz”, dedi u.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi vakili Georgiy Tixiy uchrashuv yakunlarini sharhlar ekan, Ukraina hech qanday shartlarsiz o‘t ochishni to‘xtatishga rozi ekanini aytib o‘tdi. Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tomoni 3 yildan ortiq asirlikda bo‘lgan shaxslarni ozod qilish taklifini qabul qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Ukraina Vladimir Zelenskiy Kiev Rustam Umarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing