Rossiya va Saudiya neft bo‘yicha kelisha olmayapti

Olam

image

Rossiya va Saudiya Arabistoni neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha hozircha biror kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Nashr manbasi bergan ma’lumotga ko‘ra, barchasi 9 aprel kuni o‘tkaziladigan  OPEC+ yig‘ilishida hal bo‘lishi mumkin. Ammo kelishuv loyihasi 6 aprel kuni tayyor bo‘lgan.

“Ba’zi ishtirokchilar rozi bo‘lgandi, ammo kvotalardan norozi bo‘lgan Saudiya Arabistonining pozitsiyasi sabab kelishuv amalga oshmadi. Shuning uchun bu safar nima bo‘lishi noma’lum, biroq tayyorgarlik davom etyapti”, deyiladi xabarda.

9 aprel kuni OPEC+ yig‘ilishi va 10 aprelda “Katta yigirmatalik” davlatlarining energetika vazirlari yig‘ilishi rejalashtirilgan. Yig‘ilishda neft qazib olishni qisqartirish muhokama qilinadi.

Neft bozoridagi vaziyat

Joriy yilning mart oyi boshida neftga talabning tushishi ortidan narxlar ham ikki baravar pasaydi. Bunga koronavirus pandemiyasi hamda OPEC+ kelishuvi bo‘yicha Rossiya va Saudiya Arabistonining murosaga kelolmagani sabab bo‘ldi.

Natijada bungacha neft qazib olish va ishlov berish bo‘yicha amalda bo‘lgan cheklovlar bekor bo‘ldi. Saudiya Arabistoni rasman sutkalik neft qazib olish hajmini ko‘paytira boshladi. Bu ham o‘z navbatida neft narxiga salbiy ta’sir qilmay qolmadi.


Maqola muallifi

Teglar

neft' Rossiya-Saudiya Arabistoni OPEC

Baholaganlar

142

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing