Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi muhim shartnoma yana besh yil muddatga uzaytirildi
Olam
−
23 mart 2021
5844Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Xitoy va Rossiya Yaqin qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani avtomatik ravishda yana besh yil muddatga uzaytirishga kelishib olganini ma’lum qildi.
Vazir so‘nggi 20 yil ichida ushbu kelishuv Moskva va Pekin o‘rtasidagi munosabatlarni sog‘lom, barqaror rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratganini, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni optimallashtirish va modernizatsiya qilishga hissa qo‘shganini ta’kidladi.
"Biz ushbu shartnomani avtomatik ravishda uzaytirish to‘g‘risida kelishib oldik va ushbu shartnomaga davr haqiqatlarini inobatga olgan holda doimiy ravishda yangi tarkib qo‘shib borishimiz kerak, shunda u Rossiya-Xitoy munosabatlarining yangi shartlariga moslashadi", degan Van I Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar chog‘ida.
Shuningdek, u ushbu kelishuv ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishiga yangi turtki beradi, degan fikrni bildirgan.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu shartnoma Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin tomonidan 2001 yil 16 iyulda imzolangan.
Hujjat 2002 yil 28 fevralda ratifikatsiya qilingan. U avtomatik ravishda besh yillik yangilanishni ta’minlaydi.
LiveBarchasi