Rossiya va Xitoy raketalar bo‘yicha kelishuvni o‘n yilga uzaytirdi
Olam
−
15 dekabr 2020
5267Rossiya va Xitoy ballistik raketalar va kosmik tashuvchi transport vositalarining uchirilishi to‘g‘risidagi Hukumatlararo kelishuvni 10 yilga uzaytirdi. Bu haqda TASS nashri xabar bermoqda.
Protokolni ikki davlat Mudofaa rahbarlari – Sergey Shoygu va Vey Fengxe imzolagan.
“Men Pekindan sizning ballistik raketalar va kosmik tashuvchi vositalarni uchirish to‘g‘risida bildirishnomalar qayd etilgan bitimni uzaytirish bo‘yicha protokol nusxalarini oldim. Ushbu shartnomani yana 10 yillik muddatga uzaytirish to‘g‘risida protokol imzolashga tayyorman”, deydi Shoygu.
Rossiyalik Vazir kelishuvning uzaytirilishi ikki mamlakat o‘rtasida yuqori darajadagi ishonchni namoyish etishini ta’kidlagan. Xitoy Mudofaa bo‘limi boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, u ushbu hujjatlarni dekabr oyi boshida imzolagan.
Shoygu ham protokolni imzolagan va hamkasbiga hujjatni taqdim etgan. Shuningdek, u bugungi kunda videoaloqadan foydalanish muzokaralarni olib borishning odatiy usuliga aylanganini ta’kidlagan. O‘z navbatida, Xitoy Mudofaa bo‘limi rahbari kelasi yil ikki Mudofaa sohasi rahbarlarining yuzma-yuz uchrashuvi bo‘lib o‘tishiga umid bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pekin Baydenning prezidentlik davrida Xitoy va AQSH o‘zaro hurmat ruhida muloqotni kuchaytirish va hamkorlikni rivojlantirishidan umidvor ekanini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi