Rossiya va Xitoy G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi

Olam

image

Rossiya va Xitoy AQSHning G‘azo sektorida olti hafta davomida zudlik bilan va doimiy o‘t ochishni to‘xtatishni talab qiluvchi rezolyutsiya loyihasiga veto qo‘ydi. Bu haqda BMT Xavfsizlik Kengashining kecha, 22 mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya AQSH rezolyutsiyasiga veto qo‘yish qarorini ushbu hujjat go‘yoki G‘azo deyarli yer yuzidan qirib tashlanganidan keyin o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirishi bilan izohlagan.

O‘z navbatida, AQSHning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild Rossiya va Xitoy Qo‘shma Shtatlar taklif qilgan rezolyutsiyaga shunchaki ovoz berishni istamaganini aytgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya va Xitoy mintaqada barqaror tinchlikka erishish uchun hech qanday diplomatik sa’y-harakatlar qilmayapti.

2023 yil oktyabr oyida Rossiya va Xitoy AQSHning mintaqada yordam yetkazish va tinch aholini himoya qilish uchun jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyasiga veto qo‘ygandi. Shundan so‘ng AQSH G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishni talab qiluvchi keyingi uchta rezolyutsiyaga veto qo‘ydi. 

Joriy yilning 25 mart kuni BMT Xavfsizlik kengashining yangi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Uning ishtirokchilari Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zolari tomonidan tayyorlangan rezolyutsiyaning muqobil variantini ko‘rib chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Xitoy G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing