Rossiya va Qozog‘iston harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani yangiladi

Olam

image

Rossiya va Qozog‘iston Mudofaa vazirlari Harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi yangilangan shartnomani imzoladi. Bu haqda Qoxog‘iston mudofaa idorasi ma’lum qildi.

Hujjat Qozog‘iston Mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev va Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Nur-Sultonda o‘tgan uchrashuvi yakunida imzolangan.

slider

Yangilangan Shartnoma qoidalariga muvofiq, harbiy hamkorlik keng ko‘lamda amalga oshiriladi, jumladan, harbiy ta’lim va kadrlar tayyorlash, qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlash, qo‘shma ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama mashg‘ulotlarda qatnashish, harbiy tayyorgarlik tadbirlarini o‘z ichiga oladi.

Yangilangan shartnoma, shuningdek, tinchlikparvarlik faoliyati, xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik, madaniyat va sportga bo‘ladigan tahdidlarga qarshi kurashni o‘z ichiga olgan o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlari va shakllari bilan to‘ldirildi.

Ushbu shartnoma kuchga kirganidan so‘ng Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasida 1994 yil 28 martda tuzilgan harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma o‘z kuchini yo‘qotadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Qozog'iston harbiy shartnoma

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing