Rossiya G‘arb davlatlari bilan harbiy shartnomalarni bekor qildi
Olam
−
06 dekabr 2025 8054 2 daqiqa
Rossiya Fransiya, Kanada va Portugaliya bilan harbiy hamkorlik shartnomasini rasman bekor qildi. Huquqiy axborot portalida Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin imzolagan tegishli farmoyish e’lon qilindi.
Ma’lum qilinishicha, Rossiya Kanada bilan 1989 yilgi harbiy tashrif shartnomasini, Fransiya bilan 1994 yilgi mudofaa sohasida hamkorlik shartnomasini va Portugaliya bilan 2000 yilgi harbiy hamkorlik shartnomasini bekor qilindi. Tashqi ishlar vazirligiga qaror haqida har uchala mamlakat tomonlarini xabardor qilish vazifasi topshirilgan.
Joriy yil iyul oyida Bosh vazir Mixail Mishustin yana bir hujjat – Germaniya bilan harbiy-texnik hamkorlik shartnomasini bekor qildi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi biroz avval undan chiqish niyati borligini e’lon qilib, kelishuv hali ham rasmiy kuchda bo‘lsa-da, “o‘z mazmuni va amaliy ahamiyatini yo‘qotgani” hamda Rossiya-Germaniya munosabatlarining haqiqiy holatini aks ettirmasligini aytgan edi.
Shu bilan birga, TIV Germaniya hukumati “Rossiyaning hayotiy xavfsizlik manfaatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan o‘ta katta tashqi siyosat ambitsiyalari bilan ketayotganini” ta’kidladi.
Shuningdek, iyun oyida Mishustin Shvetsiya bilan yadro inshootlari to‘g‘risida ma’lumot almashish va yadroviy ob’ektlardagi hodisalar haqida tezkor xabar berish bo‘yicha kelishuvni bekor qilish to‘g‘risida buyruqni imzolagandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Vladimir Putin Rossiya zarurat paydo bo‘lsa, Yevropa bilan urushga tayyorligini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi