Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshiradi
Olam
−
28 noyabr
1930Rossiya Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kecha, 27 noyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan Ostonada o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida so‘z ochdi.
“Energetika sohasidagi hamkorlik tizimli ravishda rivojlanib bormoqda. Rossiya nefti Qozog‘iston hududi orqali Xitoyga yo‘naltirilmoqda. “Gazprom” haqiqatan ham Qozog‘iston iste’molchilarini gaz bilan uzluksiz ta’minlamoqda. O‘tgan yildan boshlab Rossiya gazi Qozog‘iston hududi orqali qo‘shni O‘zbekistonga o‘tkazilmoqda va biz bunday ta’minotni oshirishni davom ettiramiz”, dedi Rossiya Prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova 2023 yil oktyabr oyida boshlangan Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berilishi hozirgi vaqtda 5 milliard kubometrdan oshganini ma’lum qilgan edi. Unga ko‘ra, 2023 yil Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston yetakchilari “Gazprom” va “UzGasTrade” o‘rtasidagi ikki yillik shartnoma doirasida Rossiya tabiiy gazini Qozog‘iston orqali tranzit tarzida yetkazib berishni boshlagan. Xususan, Rossiyaning “Gazprom” va “LUKOYL” kabi kompaniyalari O‘zbekiston hududida gaz konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha qator loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Tomonlar gaz sohasida hamkorlikni bosqichma-bosqich kengaytirishni rejalashtirmoqda.
LiveBarchasi