Rossiya O‘zbekiston va yana uch davlatga maymun chechagini aniqlaydigan testlar berdi

Olam

image

Rossiya O‘zbekiston, Armaniston, Qozog‘iston va Turmkmanistonga maymun chechagini aniqlash uchun “Vektor” davlat ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqarilgan test-tizimlarini topshirdi. Bu haqda RIA Novosti “Rospotrebnadzor”ga tayanib, xabar berdi.

Avvalroq idora “Vektor” markazi kasallik holatlarini aniqlash uchun test tizimlarini zudlik bilan ishlab chiqarganini, bugun esa butun Rossiya bo‘ylab sinovdan o‘tish mumkinligini ma’lum qilgandi.

“Rossiya test tizimlari “Rospotrebnadzor” tomonidan Armaniston, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmanistonga yetkazildi. Bundan tashqari, “Rospotrebnadzor” mutaxassislari hamkor mamlakatlardan kelgan hamkasblar uchun maymun chechagining laboratoriya diagnostikasi usullari bo‘yicha maxsus seminarlar tashkil qilyapti”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, maymun chechagi kam uchraydigan virusli kasallik bo‘lib, asosan yovvoyi hayvonlardan odamlarga yuqadi. Kasallikning belgilari isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, limfa tugunlari shishishi, titroq va charchoqni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, yuz va tananing boshqa qismlarida teri toshmasi ham paydo bo‘lishi mumkin. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, maymun chechagi epidemiyasi uchun o‘lim darajasi odatda 1 foizdan 10 foizgacha, o‘limning aksariyati yosh guruhlarda sodir bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

maymun chechagi

Baholaganlar

158

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing