Dunyo bo‘ylab yangi kasallik avj olmoqda. JSST favqulodda holat e’lon qildi
Olam
−
23 iyul 2022
25795Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adanom Gebreisus maymun chechagi epidemiyasini xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat deb e’lon qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Tashkilot rahbarining ta’kidlashicha, 21 iyul kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida JSST ochilish qo‘mitasi ushbu masala bo‘yicha bir qarorga kelgan. Natijada maymun chechagi epidemiyasini xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat deb e’lon qilish bo‘yicha qaror qabul qilingan.
Maymun chechagi epidemiyasi Yevropadan tashqari, butun dunyo bo‘ylab o‘rtacha xavf tug‘dirmoqda. Yevropada esa xavflilik darajasi yuqori.
Unga ko‘ra, dunyoda maymun chechagi infeksiyasining 16 mingdan ortiq holati aniqlangan.
Avvalroq, Jahon salomatlik tarmog‘i koalitsiyasi (World Health Network, WHN) maymun chechagini pandemiya deb e’lon qilgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot o‘rnida, maymun chechagi kam uchraydigan virusli kasallik bo‘lib, asosan yovvoyi hayvonlardan odamlarga yuqadi. Kasallikning belgilari isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, limfa tugunlari shishishi, titroq va charchoqni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, yuz va tananing boshqa qismlarida teri toshmasi ham paydo bo‘lishi mumkin. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, maymun chechagi epidemiyasi uchun o‘lim darajasi odatda 1 foizdan 10 foizgacha, o‘limning aksariyati yosh guruhlarda sodir bo‘ladi.
LiveBarchasi