Osiyo davlatlaridan birida maymun chechagi aniqlandi

Olam

image

Yaponiyada maymun chechagi infeksiyasining birinchi holati qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 30 yoshli tokiolik erkak maymun chechagi yuqtirgan.

Shu munosabat bilan mamlakat infeksiya tarqalishining oldini olish uchun tezkor choralar ko‘rishni boshlagan. Xususan, testlar, vaksina va dori-darmonlarni tayyorlashga kirishilgan.  

Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi yaponlarni maymun chechagi tarqalishi sababli chet elga chiqishda ehtiyot bo‘lishga chaqirgan. Ya’ni chet elga sayohat qilishni rejalashtirayotgan yoki allaqachon chet elga chiqayotgan fuqarolar ehtiyot bo‘lishlari kerak, ammo sayohatga cheklovlar yo‘q.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda 75 mamlakat va hududlarda 16 000 dan ortiq odam maymun chechagi virusi bilan kasallangan va beshta o‘lim holati qayd etilgan.

Avvalroq, JSST rahbari Tedros Adanom Gebreisus maymun chechagi epidemiyasini xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat deb e’lon qilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, maymun chechagi kam uchraydigan virusli kasallik bo‘lib, asosan yovvoyi hayvonlardan odamlarga yuqadi. Kasallikning belgilari isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, limfa tugunlari shishishi, titroq va charchoqni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, yuz va tananing boshqa qismlarida teri toshmasi ham paydo bo‘lishi mumkin. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, maymun chechagi epidemiyasi uchun o‘lim darajasi odatda 1 foizdan 10 foizgacha, o‘limning aksariyati yosh guruhlarda sodir bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya maymun chechagi

Baholaganlar

292

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing