AQSH fuqarosi bir vaqtda ham koronavirus, ham maymun chechagi yuqtirib oldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Amerikaning Kaliforniya shtatidagi Sebastopol shahrida yashovchi Mitcho Tompson bir vaqtning o‘zida koronavirus va maymun chechagini yuqtirdi. Bu haqda “The New York Post” yozmoqda.

Tompsonning so‘zlariga ko‘ra, u iyun oyi oxirida koronavirus uchun ijobiy sinovdan o‘tgan va shundan so‘ng u orqa, oyoqlari, qo‘llari va bo‘ynida mayda qizil dog‘larni seza boshlagan. Qaytadan test topshirganida shifokor uning COVID-19 va maymun chechagi bilan kasallanganini tasdiqlagan.

Bemorning aytishicha, bir vaqtning o‘zida ikkita virus unda gripp bilan og‘rigandek tasavvur uyg‘otgan. Kasallik paytida isitma, nafas qisilishi, titroq, tana og‘rig‘i, terida toshmalar kuzatilgan. Tompson doimo suyuqlik ichgisi kelganini aytgan.

Stenford universiteti yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi doktor Din Uinslou bunday holatlar bo‘lishi mumkinligini tan olgan va ularni “aql bovar qilmaydigan omadsizlik” deb atagan.

Ma’lumot o‘rnida, maymun chechagi kam uchraydigan virusli kasallik bo‘lib, asosan yovvoyi hayvonlardan odamlarga yuqadi. Kasallikning belgilari isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, limfa tugunlari shishishi, titroq va charchoqni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, yuz va tananing boshqa qismlarida teri toshmasi ham paydo bo‘lishi mumkin. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, maymun chechagi epidemiyasi uchun o‘lim darajasi odatda 1 foizdan 10 foizgacha, o‘limning aksariyati yosh guruhlarda sodir bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus maymun chechagi

Baholaganlar

70

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing