Rossiya O‘zbekiston va Qozog‘istonni ittifoqqa qo‘shib olish rejasidan voz kechmagan

Olam

image
Gaz bo‘yicha siyosiy o‘yinda kim yutadi? north_east

Gaz bo‘yicha siyosiy o‘yinda kim yutadi?

Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekistonning uch tomonlama gaz ittifoqi g‘oyasi ishlab chiqilmoqda, tafsilotlar haqida gapirishga hali erta. Bu haqda bugun, 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi. 

“Rossiya va Qozog‘iston rasmiylari bu g‘oya, [gaz] ittifoqini yaratish g‘oyasi ishlab chiqilayotganini bir necha bor ta’kidlagan. Tafsilotlar haqida gapirishga hali erta”, deydi Zaxarova. 

Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi global energetika inqirozi munosabati bilan ushbu sohadagi manfaatdor tomonlarning o‘zaro hamkorligi talabga ega ekanligi aniq.  

“Bularning barchasi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik va aholi farovonligini ta’minlash nuqtai nazaridan ham zarur. Bu kabi hamkorlikning amaliy konturlariga kelsak, ular tegishli vazirliklar darajasida muhokama qilinmoqda”, deydi Rossiya TIV vakili.

Xabaringiz bor, joriy yilning 28 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Qosim-Jomart To‘qayev o‘rtasida Kremlda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida Qozog‘iston Prezidentining ma’lum qilishicha, Putin To‘qayevga Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston ittifoqini tuzishni taklif qilgan. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Putin To‘qayevga uch davlatning gaz bo‘yicha ittifoqini tuzish rejalarini aytgan va bu masala O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘ng‘iroq qilish niyati borligini bildirgan. 

8 dekabr kuni O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekistonning boshqa mamlakatlar bilan energetika sohasida hamkorlikka kirishi mamlakat ichidagi iste’mol talabi bilan bog‘liqgini aytib chiqdi.

"Bunda milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda, o‘zimizning energiya tarmoqlarni kimgadir berib yuborish orqali emas, oldi-sotdi, tijoriy shartnomalar asosida hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilyapti", degan edi vazir.  

Oradan ko‘p o‘tmay, Rossiya Prezident Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham bayonot bilan chiqib, gaz ittifoqini tuzishda hech kim siyosiy shartlar qo‘ymayotgani, ittifoq tuzish g‘oyasi kontekstida bu gap yo‘qligini aytdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Mariya Zaxarova gaz ittifoqi

Baholaganlar

212

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing