Oramizga nifoq solishmoqchi – Zaxarova Tataristondagi fojia haqida

Olam

image

Ukraina Qurolli kuchlari Nijnekamskdagi xorijliklar istiqomat qiladigan joyga Rossiya Federatsiyasining do‘st mamlakatlar bilan qardoshlik munosabatlariga nifoq solish uchun maqsadli ravishda zarba berdi. Bu haqda Federatsiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning diplomatik idora saytidagi izohida so‘z borgan. 

Diplomatning ta’kidlashicha, zarba oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘lgan, ularning aksariyati xorijiy fuqarolardir (dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 8 nafar O‘zbekiston va 1 nafar Tojikiston fuqarosi), 20 ga yaqin xorijlik tan jarohati olgan.

“Kiyev neonatsistlari xalqlarimiz o‘rtasidagi birodarlik munosabatlariga raxna solish maqsadida bizga do‘st bo‘lgan davlatlar vakillarining yashash va ishlash joylariga atayin zarba bergan”, deya ta’kidladi u.

Zaxarova so‘zida davom etarkan, xalqaro hamjamiyatni Zelenskiy rejemining harakatlarini qoralashga chaqirdi. 

“Ukraina Qurolli kuchlarining terrorchilik harakatlari oqibatida nafaqat rossiyalik tinch aholi, balki boshqa mamlakatlar fuqarolari ham jabr ko‘rmoqda. Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz. Xalqaro hamjamiyatning barcha a’zolarini ukronatsistlarning vahshiyona jinoyatlarini qoralashga chaqiramiz”, deydi Zaxarova.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 10 avgust kuni Tatariston Hukumati Matbuot xizmati respublika dushmanning uchuvchisiz uchish qurilmalari hujumiga uchraganini ma’lum qilgandi. Hujum oqibatida 13 kishi, jumladan, bir nafar bola halok bo‘lgan. 78 kishi yordam so‘rab murojaat qilgan, ulardan 25 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Ukraina qurolli tuzilmalari tomonidan Tatariston Respublikasining sanoat va fuqarolik ob’ektlariga uyushtirilgan terrorchilik hujumi ortidan Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Respublikada motam e’lon qilindi.

Voqeada halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar 8 nafarni tashkil etmoqda. Mazkur hodisa yuzasidan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, Bosh vazirning o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida mas’ul vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Hukumat komissiyasi tuzildi. Hukumat komissiyasiga hodisa oqibatida jabrlangan O‘zbekiston fuqarolarining holidan xabar olish va ularga barcha zarur yordam ko‘rsatish, halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarni esa havo transportida maxsus reys orqali olib kelish va tegishli manzillarga yetkazish, shuningdek, ularning oila a’zolariga har tomonlama ko‘maklashish vazifalari yuklatilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing