Rossiya O‘zbekiston pomidori importiga qo‘yilgan taqiqni yumshatdi

Olam

image

Rossiyaning Veterinar va fitosanitar nazorat federal xizmati (Rosselxoznadzor) O‘zbekistondagi tadbirkorlik sub’ektlariga qo‘yilgan taqiqni yumshatdi. Bu haqda "Rosselxoznadzor" saytida xabar qilindi.

Tashkilot 2021 yil 1 yanvardan 34 ta tadbirkorlik sub’ektiga RFga pomidor yetkazib berishga ruxsat berdi.

Ammo ruxsat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi kafolati ostida berilgan.

Qayd etilishicha, ushbu qaror Davlat inspeksiyasi tomonidan pomidorning jigarrang burishish virusidan (ToBRFV) xoli bo‘lgan korxonalar to‘g‘risida berilgan ma’lumot asosida qabul qilingan.

Avvalroq, 18 dekabrdan 7 ta korxonaga Rossiyaga pomidor va qalampir eksport qilishga ruxsat berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, “Rosselxoznadzor” Farg‘onadan barcha turdagi o‘simlik mahsulotlari, Qashqadaryodan esa pomidor va qalampir importiga taqiq qo‘ygandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossel'xoznadzor

Baholaganlar

78

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing