Rossiya O‘zbekiston korxonalariga qo‘ygan import cheklovini bekor qildi
Jamiyat
−
14 aprel 2021 9585 1 daqiqa
Rossiyaning Veterinar va fitosanitar nazorat federal xizmati (Rosselxoznadzor) bugun, 14 apreldan O‘zbekistonning qator tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan pomidor va qalampir yetkazib berishga qo‘yilgan cheklovni bekor qildi. Bu haqda Rosselxoznadzor saytida xabar qilingan.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona, Navoiy va Qashqadaryodagi 17 ta korxona Rossiyaga o‘z mahsulotini yetkazib berishni boshlashi mumkin.
Rosselxoznadzor ushbu qaror O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasidan olingan ushbu korxonalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida, shuningdek “respublikaning vakolatli idorasi kafolati ostida” qabul qilinganligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya o‘tgan yilning oxirida O‘zbekistondan keltirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarida pomidorning jigarrang burishish virusi (ToBRFV) aniqlangani sababli pomidor va qalampir importiga cheklov joriy qilgandi.
Biroq O‘zbekiston tomoni mamlakatda pomidorning jigarrang burishish virusi (ToBRFV) aniqlanmaganini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi