Rossiya Farg‘onadan quruq meva import qilishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi

Olam

image

Rossiyaning Veterinar va fitosanitar nazorat federal xizmati (“Rosselxoznadzor”) 2021 yil 1 yanvardan Farg‘ona viloyatidan quruq mevalar importiga ruxsat berdi. Bu haqda tashkilot saytida xabar qilindi.

“Rosselxoznadzor” bunday qarorga O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi bilan o‘tkazgan muzokaralar natijasida kelgan.

Quruq mevalarni yetkazishda fitosanitar sertifikatda ishlab chiqaruvchi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi majburiy qilib belgilangan.

Farg‘onadan keluvchi quruq mevalarning har bir partiyasi mahsulotning fitosanitar xavfsizligini tasdiqlovchi laboratoriya sinovi protokollariga ega bo‘lishi shart. 

Avvalro, “Rosselxoznadzor” 2021 yilning 1 yanvaridan O‘zbekistondagi 34 ta korxonaga pomidor importiga ruxsat bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

import Rossel'xoznadzor

Baholaganlar

38

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing