3,5 mlrd so‘mlik yukni O‘zbekistonga yashirincha olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida qiymati qariyb 3,5 milliard so‘m bo‘lgan avtomobil ehtiyot qismlarini bojxona nazoratidan yashirincha olib kirishga urinish fosh etildi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, holat Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlangan.

Xorijdan import tartibida olib kelingan yuk “Xavfni boshqarish” tizimi orqali “sariq” yo‘lakka yo‘naltirilgan. Biroq yukning rentgen tasviri hamda kuzatuv hujjatlaridagi ma’lumotlar bojxona xodimlarida shubha uyg‘otgan.

Shundan so‘ng, o‘tkazilgan bojxona ko‘rigi davomida yuk hujjatlarida ko‘rsatilmagan 3 tonnadan ortiq avto ehtiyot qismlari borligi ma’lum bo‘lgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, deklaratsiya qilinmagan tovarlarning umumiy qiymati qariyb 3 milliard 500 million so‘mni tashkil etgan.

Hozirda mazkur tovarlar vaqtincha saqlovga olingan. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailanddan olib kelingan narkotik moyini sport sumkasida Qozog‘istonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan qozog‘istonlik yigit qo‘lga olingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing