Rossiya Ukrainaga “Kinjal” raketalari bilan hujum qildi

Olam

image

Bugun, 11 avgust kuni Rossiya Ukrainaga “Kinjal” raketalari bilan hujum qildi. Ular MiG-31K samolyotidan otilgan. Bu haqda Ukraina harbiy-havo kuchlari ma’lum qildi. 

Aytilishicha, to‘rtta raketa uchirilgan bo‘lib, ular Ivano-Frankovsk viloyatidagi Kolomiya aerodromi hududiga yo‘naltirilgan. Raketalardan biri Kiyev viloyati hududida urib tushirilgan. Qolganlari aerodrom yaqiniga qulagan. 

Raketalar bilan fuqarolik infratuzilmasi ob’ektlariga, turar-joy sektoriga zarba berilgan. Oqibatda 8 yoshli bola vafot etgan.

Kiyev viloyatida urilgan raketaning bo‘laklari Kiyevning Obolonskiy tumanidagi bolalar shifoxonalaridan birining hududiga va shaxsiy uyga qulagan. U yerda hech kim jabrlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq ham Ukraina poytaxti Kiyev, shuningdek, Zaporoje, Xarkov va Dnepropetrovsk viloyatlariga raketa va hujumchi dronlar bilan zarba berilgandi. 2 avgustga o‘tar kechasi Kiyevning uchta tumanida portlashlar sodir bo‘lgandi. 8 avgustda Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Donetsk viloyati Pokrovsk shahridagi ko‘p qavatli turar-joy binosiga raketa bilan zarba berdi va 7 kishi halok bo‘ldi. 9 avgustda esa Rossiya qo‘shinlari Zaporoje shahridagi turar-joy binolari joylashgan hududga raketa hujumi uyushtirdi, oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. O‘z navbatida, Rossiya poytaxti Moskvaga 242830 iyul va 16910, 11 avgust kunlari dron hujumi uyushtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Kinjal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing