Rossiya Ukrainadan diplomatlarini evakuatsiya qilmoqchi – NYT
Olam
−
18 yanvar 2022
6474Rossiyaning Ukrainadagi ikki konsulligi diplomatlariga mamlakatni tark etishga tayyorlanish buyurildi. Bu haqda “The New York Times” gazetasi Ukraina xavfsizlik xizmatining yuqori lavozimli amaldoriga tayanib xabar bergan.
Shu bilan birga, nashr manbasining ta’kidlashicha, joriy yilning 5 yanvar kuni Ukrainani 18 kishi — asosan rossiyalik diplomatlarning bolalari va xotinlari tark etgan. Yaqinda Kiyev va Lvovdagi konsulliklarni yana 30 ga yaqin odam tark etishi qo‘shimcha qilingan.
AQSH rasmiysining aytishicha, Vashington yaqinlashib kelayotgan evakuatsiyadan xabardor.
“Bizda Rossiya hukumati dekabr oyi oxiri va yanvar oyi boshida Rossiyaning Ukrainadagi elchixonasidan evakuatsiya qilishga tayyorgarlik ko‘rgani haqida ma’lumotlar bor”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, Rossiya G‘arbda Ukrainaga nisbatan o‘ziga xos tajovuzkor rejalarni inkor etmoqda. Biroq uning NATOga qo‘shilish imkoniyatini “qizil chiziqlar”dan tashqariga chiqish deb biladi hamda Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilaridan bunday bo‘lmasligi uchun kafolat talab qilmoqda.
O‘tgan haftada Rossiya G‘arb davlatlari bilan Ukraina atrofidagi vaziyat va Yevropa xavfsizligi bo‘yicha uchta muzokara o‘tkazdi. Jeneva, Bryussel va Venadagi uchrashuvlar tomonlarning NATOni kengaytirish masalasiga yondashuvlaridagi farqni tasdiqladi va aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvlarsiz yakunlandi.
LiveBarchasi