Rossiya Ukraina sobiq bosh vazirini qidiruvga berdi

Olam

image

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Oliy Rada deputati va Ukraina sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenkoni qidiruvga berdi. Bu haqda IIVga tayanib, RIA Novosti xabar beradi.

Timoshenko Rossiya Federatsiyasida aniq qaysi modda bo‘yicha qidiruvga berilgani aytilmagan.

Ma’lumot uchun, Yuliya Timoshenko 2005 yilning fevralidan sentyabrigacha va 2007 yildan 2010 yilgacha Ukraina bosh vaziri lavozimida ishlagan. Hozirda u "Batkivshina" partiyasini boshqaradi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy boshida OAV Rossiya Ichki ishlar vazirligi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va sobiq davlat rahbari Pyotr Poroshenkoni qidiruvga berganini payqagan edi. Ko‘p o‘tmay, ular haqidagi eslatmalar qidiruv ma’lumotlar bazasidan yo‘qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Yuliya Timoshenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing