Rossiya Ukraina bilan urushda qatnashganlarga Qrimdan yer bermoqchi

Olam

image

Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma tuzib, urushda qatnashganlarga anneksiya qilingan Qrimda yarimorolidan tekin yer uchastkalari beriladi. Ushbu masala yuzasidan tegishli o‘zgartirish kiritilgan qonun hukumat saytida e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasining bunday fuqarolari Rossiya Federatsiyasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganidan hamda yashash joyidan qat’i nazar Qrimdan yer olishi mumkin. Shuningdek, qonun rasman e’lon qilinganidan 10 kun o‘tgach kuchga kirishi aytildi.

TASS axborot agentligining qayd etishicha, shu paytgacha faqat anneksiya qilingan yarim orol aholisi Qrimda Ukraina bilan urushda qatnashgani uchun hokimiyatdan yer olishi mumkin bo‘lgan.

“Rossiya frontdagi yo‘qotishlarning o‘rnini to‘ldirishga ulgurmayapti, u maksimal darajaga yetdi”, deb yozdi “Bloomberg”.

Nashrning Rossiya Mudofaa vazirligi va Kremlga yaqin manbalarga tayanib xabar berishicha, Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi operatsiyasi  Moskvaning mudofaa zaxiralari yo‘qligini ko‘rsatdi. Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar uchun to‘lovlar sezilarli darajada oshganiga qaramay, Rossiya hududlari chaqiruv kvotalari o‘rtacha uchdan biridan ko‘prog‘ini bajarmaydi. Shu sababdan, Rossiyada yil oxirigacha yangi harbiy safarbarlik e’lon qilishi ehtimoli yuqori.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya hukumati mamlakatning barcha rezidentlari to‘g‘risidagi yagona ma’lumot manbai bo‘lgan Federal aholi reyestrida joylashgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatini kengaytirish niyatida ekani aytilgandi.

Zebo Turobjonova 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing