Rossiya Ukraina bilan kelisha olishi mumkinmi? Peskov javob berdi

Olam

image

Agar Ukraina qonunlari Rossiya Federatsiyasi bilan muloqotni taqiqlasa va G‘arb Kiyevga bu masalada moslashuvchan bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasa, Ukraina bilan tinchlik muzokaralarining istiqboli yo‘q. Bu fikrni Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bugun, 11 yanvar kuni jurnalistlar bilan suhbatda bildirgan. 

“Ukraina qonunchiligi Ukraina Prezidentiga biz bilan har qanday aloqa o‘rnatishni yoki biz bilan muloqot qilishni taqiqlagan va g‘arbliklar Kiyevga bu masalada hech qanday moslashuvchanlikka yo‘l qo‘ymaslikka moyil bo‘lgan sharoitda, ba’zi istiqbollar borligini aytish mumkin, lekin hozircha bu haqda gap bo‘lishi mumkin emas”, deydi Kreml vakili Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lining Rossiya Federatsiyasi Ukraina tomoni bilan muzokaralarga tayyorligi haqidagi bayonotlarini izohlar ekan. 

Peskov Rossiya har doim muammolarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga tayyor bo‘lganini ta’kidladi.  

“Va [Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir] Putin biz hali ham bu tayyorligimizga sodiq qolishimizni bir necha bor aytdi. Shubhasiz, bizning maqsadlarimizga tinch, siyosiy va diplomatik yo‘llar bilan erishish afzalroq variantdir”, deydi Kreml matbuot kotibi.

Davlat rahbari matbuot kotibi Ukrainada Rossiya bilan muzokaralar olib borishga qonuniy taqiq bor ekan, muzokaralar olib borish mumkin emasligini urg‘uladi. 

Ma’lumot uchun, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li kecha, 10 yanvar kuni Anqara Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy taklif qilgan tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Dmitriy Peskov Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing