Rossiya Ukraina bilan chegaraga qancha askar yiqqani ma’lum qilindi
Olam
−
20 aprel 2021
19030Rossiya Ukraina bilan chegarada va anneksiya qilingan Qrimda harbiylari sonini ko‘paytirib bormoqda. Hozircha bu hududda 100 mingdan ortiq harbiy jamlangan. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi.
Diplomat Ukrainani “sodiq”ligi uchun maqtab, rasmiy Moskvadan bosimni kamaytirishni so‘ragan.
“Biz ukraina chegarasida rossiyalik harbiylar soni ortib borayotganidan tashvishdamiz. 150 mingdan ortiq rus harbiysi Ukraina va Qrim chegarasida jamlangan. Kelgusi to‘qnashuvlar xavfi oshkora”, degan Borrel.
Ammo keyinroq uning matbuot kotibi diplomat raqamlarda yanglishganini, harbiylar soni 100 mingdan ortiqligini aytib, aniqlik kiritgan.
Borrel Ukraina chegarasi va Qrimda rossiyalik harbiylar soni ortishda davom etyapti, so‘nggi yillarda eng ko‘p darajaga yetgan.
LiveBarchasi