Rossiya to‘liq 5G ga o‘tadi va 6G sinovlari boshlanadi

Texnologiya

image

5G uyali aloqasining beshinchi avlodi 2035 yilga kelib Rossiyaning 100 ming va undan ortiq aholisi bo‘lgan barcha shaharlarida amaliyotga joriy etiladi. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, bunday rejalar 2031-2035 yillarga mo‘ljallangan strategiyaning ikkinchi bosqichiga kiritilgan. Rejalarda, shuningdek, xonadonlarning 98 foizini internet tarmog‘iga ulash, shuningdek, ulanish tezligi kamida 1 Gbit/s bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlar ham mavjud.

Ushbu amaliyotni tatbiq etish uchun 2035 yilgacha LTE standarti va undan oldingi avlod uskunalarini mahalliy telekommunikatsiya uskunalariga to‘liq almashtirish kerak.

Shu vaqtga kelib, 6G sinovlari va xorijiy uskunalarni mahalliy jihozlarga almashtirish boshlanadi. Bu haqda 2035 yilgacha aloqa sohasini rivojlantirish strategiyasi loyihasida aytilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Moskva fizika-texnika universitetida mutaxassislar Android uchun mahsulotlarning pishganini aniqlaydigan mobil ilova yaratdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya strategiya 6G 5G

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing