Rossiya TIVda Bayden jazavaga tushib qolgani aytildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Baydenning Moskva go‘yoki Vashingtonga kiberhujumlar tayyorlayotgani haqidagi bayonotlari jazavaga tushish va Ukrainadagi vaziyat fonida rusofobiya xuruji bilan izohlanadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Oleg Siromolotov ma’lum qildi.

“Vashingtonda bir necha yillardan beri Rossiya tomonidan AQSHga qarshi rejalashtirilgan ba’zi zararli kiber harakatlar atrofida vasvasa avj oldi. Hozir Ukrainadagi vaziyat fonida biz rusofobiyaning yangi xurujiga guvoh bo‘lyapmiz”, degan u.

Siromolotov Rossiyaga qaratilgan ayblovlar mavhum ekanini ta’kidlagan.

“Rossiyaning sanksiyalar uchun qasosi” muqarrarligi haqidagi dahshatli voqealarni takrorlash o‘rniga, (Oq uy – tahr.) ma’muriyat Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning 2020 yil 25 sentyabrdagi AQSH bilan xalqaro axborot xavfsizligi sohasida hamkorlikni tiklash bo‘yicha chora-tadbirlar majmui bo‘yicha taklifiga munosabat bildirsa yaxshi bo‘lardi”, degan vazir o‘rinbosari.

Siromolotovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya axborot xavfsizligi bo‘yicha AQSH bilan professional va siyosatsiz muloqotga doim ochiq.

Avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiya Prezidenti Vladimir Putin G‘arbning sanksiyalariga kiberhujum bilan javob qaytarishi mumkinligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Rossiya

Baholaganlar

1140

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing