Dron qulashi ortidan AQSH va Rossiya mudofaa vazirlari muloqot qildi
Olam
−
16 mart 2023
10225Kecha, 15 mart kuni Amerika uchuvchisiz samolyoti Qora dengiz uzra qulaganidan bir kun o‘tib, AQSH va Rossiya mudofaa vazirlari telefonda gaplashdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, muloqot AQSH tarafining talabi bilan o‘tkazilgan. Unda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu amerikalik mavqedoshi Lloyd Ostinga Amerika dronlarining Qrim qirg‘oqlari bo‘ylab parvozlari provokatsion xarakterga ega ekanini va bunday harakatlar Qora dengiz zonasida keskinlashuvga olib kelishi mumkinligini aytgan.
Lloyd Ostin esa qo‘ng‘iroqning tafsilotlarini, jumladan, Rossiya tomonidan AQSH droni to‘xtatilishini tanqid qilgan yoki yo‘qligini aytishdan bosh tortgan. Biroq u AQSH xalqaro qonunlar ruxsat bergan joyda parvozni davom ettirish niyatida ekanini hamda Rossiya harbiy samolyotlarining xavfsiz va professional tarzda ishlashini talab qilishini ta’kidlagan.
Bundan tashqari, Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov va AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) raisi general Mark Milli o‘rtasida ham telefon aloqasi bo‘lib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH unga tegishli MQ-9 droni Rossiyaning Su-27 qiruvchi samolyotlari tomonidan Qora dengizning xalqaro suvlariga urib tushirilganini aytgandi. Rossiya tomoni esa dron Qrim ustidan uchib o‘tgani, Su-27 qiruvchilari hech qanday qurol ishlatmaganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi