AQSH-Rossiya muzokaralari fonida Alisher Usmonovning boyligi oshdi

Olam

image

Joriy yil boshida AQSH Prezidenti Donald Trampning lavozimga qaytishi va Ukraina bo‘yicha muzokaralar boshlangani fonida Rossiyaning eng boy milliarderlari umumiy boyliklarini qariyb 15 milliard dollarga oshirishga muvaffaq bo‘ldi va ularning jami mol-mulki 305 milliard dollarga yetdi. Bu haqda “Bloomberg Billionaires Index” (BBI) xabar berdi.

Qayd etilishicha, eng katta moliyaviy o‘sishni USM xoldingi (unga “Metalloinvest”, “Udokanskaya med” va “Megafon” kiradi) asoschisi Alisher Usmonov qayd etgan. Uning boyligi 3,6 milliard dollarga oshib, 16,9 milliard dollarga yetgan va u dunyodagi eng boy odamlar orasida 129-o‘rinni egallagan.

Undan so‘ng “Yevroxim” va SUEK hammuassisi Andrey Melnichenko keladi. Uning boyligi 2,5 milliard dollarga oshib, 22,7 milliard dollarga yetgan va 88-o‘ringa chiqqan. Dog‘istonlik senator Sulaymon Karimov esa 2,45 milliard dollar foyda ko‘rgan va hozirda 311-o‘rinda turibdi. Rossiyadagi eng boy milliarder – “Nornikel”ning eng yirik aksioneri va “Interros” xoldingi prezidenti Vladimir Potanin ham 2,2 milliard dollarga boyib, 57-o‘ringa ko‘tarilgan.

“Biroq barcha rossiyalik milliarderlar uchun yil boshi muvaffaqiyatli kechmadi. 5 nafar milliarderning boyligi kamaygan. Ular orasida eng katta yo‘qotish Vladimir Lisinga tegishli – u 2,3 milliard dollar yo‘qotgan (hozirgi boyligi 23,5 milliard dollar). Undan keyingi o‘rinlarda Gennadiy Timchenko (-1,57 milliard), Mixail Fridman (-1,45 milliard) va Leonid Mixelson (-1,3 milliard) turibdi”, deyiladi xabarda.

BBI ro‘yxatida Telegram asoschisi Pavel Durov ham bor – uning boyligi 12,6 milliard dollar deb baholanmoqda (yil boshidan beri 1,6 milliard dollarga o‘sgan).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qisman Usmonovga tegishli bo‘lgan Deep Sea Mining Finance (DSMF) kompaniyasi tomonidan ijaraga olingan Coco kemasi Papua-Yangi Gvineyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasida suv ostidan noqonuniy ruda qazib olishda gumonlanayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Rossiya Alisher Usmonov Donal'd Tramp milliarder

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing