AQSH-Rossiya munosabatining iliqlashuvi Usmonovning boyligini oshirdi
Olam
−
08 mart
15185Rossiyalik milliarderlarning boyligi AQSH va Moskva o‘rtasidagi munosabatlarning iliqlashuvi va Donald Trampning AQSH Prezidenti lavozimiga qaytishi ortidan 16,5 milliard dollarga oshdi. Bu haqda “Bloomberg Billionaires Index” reytingi ma’lumotlarida keltirilgan.
Ushbu reytingga umumiy boyligi 295,31 milliard dollarni tashkil etuvchi 20 rossiyalik biznesmen kiritilgan.
Barcha milliarderlar ichida eng katta daromadga Alisher Usmonov ega bo‘lgan. USM holdingi orqali metallurgiya, tog‘-kon sanoati, telekommunikatsiya va texnologiyalar sohalarida, jumladan, “Metalloinvest” va “Megafon” kompaniyalarida aktivlarga egalik qiluvchi Usmonovning boyligi yil boshidan buyon 3,19 milliard dollarga oshib, 16,4 milliard dollarga yetgan.
Ikkinchi o‘rinda “Norilsk Nikel” kompaniyasining yirik aksiyadori va Rossiyaning eng boy odami Vladimir Potanin joy olgan. Uning boyligi 2,22 milliard dollarga ko‘payib, 30,1 milliard dollarga yetgan.
Uchinchi pog‘onani dog‘istonlik senator Sulaymon Karimov egallagan. Uning boyligi yil boshidan buyon 1,68 milliard dollarga oshib, 8,72 milliard dollarga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vengriya Alisher Usmonov va uning singlisi Gulbahor Ismoilova Yevropa Ittifoqi sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarilmasa, Rossiyaga qarshi Yevropa sanksiyalarini uzaytirishga veto qo‘yishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban sanksiyalar Rossiyadan ko‘ra Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga ko‘proq ta’sir o‘tkazayotganini aytgan. Bryussel esa sanksiyalar bo‘yicha yagona chiziq bo‘lmasa, Yevropa Ittifoqi Moskvaga bosim o‘tkazishning asosiy vositasini yo‘qotishini ta’kidlagan.
LiveBarchasi
Trenddagilar

