Rossiya temiryo‘llari qulayapti – OAV 

Olam

image

Rossiya temiryo‘llarida Ukrainadagi urush tufayli G‘arb joriy etgan sanksiyalar ortidan lokomativlar taqchilligi kuzatilmoqda. Bu haqda “Newswyeyek” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sanksiyalar Rossiyada rulman tanqisligiga olib kelib, mamlakatda lokomotivga texnik xizmat ko‘rsatishga ta’sir ko‘rsatib, poyezdlarda nosozliklar ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi tahlilchilari 2023 yil aprel oyida Rossiyada rulman tanqisligi avtomobillar ishlab chiqarishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini aytgandi.

“Rossiya yuqori sifatli podshipniklarining ko‘p qismini G‘arb ishlab chiqaruvchilaridan import qilgan. Bosqin boshlanganidan so‘ng, G‘arbning yirik podshipnik ishlab chiqaruvchilari Rossiyadan chiqib ketishdi va u yerda o‘z savdolarini yakunladi”, deydi Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi tahlilchilari.

Qayd etilishicha, G‘arb sanksiyalari yuqori darajadagi xorijiy komponentlarning tanqisligini keltirib chiqargan va Moskvani ularni past sifatli muqobillar bilan almashtirishga majbur qilmoqda.

“Hozircha Moskvaning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan import o‘rnini bosish bo‘yicha urinishlari deyarli muvaffaqiyatsiz bo‘lib qolmoqda”, deya qo‘shimcha qildi tahlilchilar.

Zumrad Zaripova 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya G'arb Vashington temir yo'llari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing