Rossiya siyosiy va biznes elitasi allaqachon koronavirusga emlangan – “Bloomberg”

Olam

image

Rossiya siyosiy va biznes elitasi vakillari joriy yilning aprel oyidayoq koronavirusga qarshi tajribaviy vaksinaga ega bo‘lgan va emlangan. Bu haqda AQSHning "Bloomberg" nashri ma’lum qildi.

Vaksinani N.F.Gamalei nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi tayorlagan. Nomi oshkor qilinmagan ilmiy xodimning so‘zlariga ko‘ra, vaksina yuzlab kishilarga yuborilgan. Ulardan o‘nlab vakillar buni tasdiqlagan. Ammo ular o‘z ismlarini oshkor qilishni istamagan.

Virusga qarshi emlangan top-menedjerlardan biri vaksinaning nojo‘ya ta’sirlarini sezmaganinini ta’kidlagan.

Boshqa qatnashchilar esa emlashdan keyin isitma va bo‘g‘inlarda og‘riq sezganligini aytishgan.

Avvalroq, Rossiyada koronavirus vaksinasini tayyorash va uni ro‘yxatga olish jarayoni haqida ma’lumot bergandik. Unda vaksina sinovi muvaffaqiyatli o‘tgani va avgust oyi o‘rtalaridan muomalaga chiqarilishi mumkinligi haqida aytilgandi.

Ma’lumot uchun, Rossiyada bugungacha 777 486 odam koronavirusga chalingan. Ularning 553 602 nafari sog‘aygan va 12 427 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

932

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing