Rossiya shaharlarida “Navalniyga ozodlik” aksiyalari boshlandi
Olam
−
31 yanvar 2021
14513Bugun, 31 yanvar kuni Rossiya shaharlarida muxolifatchi Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun rejalashtirilgan namoyishlar boshlandi.
Uzoq Sharq mintaqasida mitinglar Xabarovsk va Vladivostok shaharlarida o‘tkazilyapti. Xabarovskda namoyishga ko‘p odam chiqmagan. Ammo chiqqanlarni ham politsiya qo‘lga olgan. Vladivostokda ham shunga o‘xshash holat yuz bergan.
Shuningdek, Sibir o‘lkasidadagi shaharlar – Irkutsk, Novosibirsk va Tomskda ham namoyishlar boshlangan. Taxminlarga ko‘ra, Novosibirskda 5 mingdan ortiq odam namoyishga chiqqan. Hozirgacha Uzoq Sharq va Sibir o‘lkasida jami 203 kishi hibsga olingani aytilmoqda.
Krasnoyarsk shahrida havo harorati -30 daraja ekaniga qaramay odamlar mitingga chiqqan. Hozirgacha bu yerda ham bir necha kishi hibsga olingan.
Yirik shaharlardan Yekaterinburgda ham namoyish boshlangan. Moskvada hozircha ikki kishi hibsga olindi. Rossiyadagi namoyishchilar bilan birdamlik ramzi sifatida Tokio va Sidneyda ham mitinglar o‘tkazildi.
Sidney, Avstraliya#31yanvarya pic.twitter.com/69pOSegkIu
— Grigoriy (@grigoriytwi) January 31, 2021
Ma’lumot uchun, 31 yanvar kuni Navalniyning tarafdorlari butun Rossiya bo‘ylab qaytadan namoyishlar o‘tkazishni rejalashtirgan. Mitinglar 60 dan ortiq shaharda o‘tkazilishi ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 23 yanvarda ham Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun aksiya o‘tkazilgandi. Mitingda rekord darajada ko‘p – 4 mingdan ortiq odam hibsga olindi va 20 dan ortiq jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
LiveBarchasi