Rossiya Ozarbayjonga elchixonaga hujum masalasini hal qilishga va’da berdi

Olam

image

Rossiya Eronning Ozarbayjon elchixonasiga qilingan hujum oqibatlarini bartaraf etishidan manfaatdor va bu muammoni hal qilishga yordam berishga intiladi. Bu haqda bugun, 28 fevral kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya-Ozarbayjon ekspertlar kengashining uchinchi yig‘ilishida so‘z ochdi.  

“Biz Ozarbayjon bilan boshqa mintaqaviy formatlarda ham hamkorlik qilamiz, xususan, eng yuqori darajadagi Rossiya-Ozarbayjon-Eron uch tomonlama formatb yaratilgan va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatgan, hech bo‘lmaganda kovid davrigacha va ancha oldin. Uning ham kelajagi yaxshi deb o‘ylaymiz”, degan u. 

U eronlik hamkasblari Ozarbayjon diplomatik vakolatxonasiga qilingan qonli hujum oqibatlarini bartaraf etish uchun zarur choralarni ko‘rishidan manfaatdor ekani va bu masalani hal qilishga yordam berishga harakat qilishini bildirdi.  

Eslatib o‘tamiz, 27 yanvar kuni Ozarbayjon TIV mamlakatning Tehrondagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirilgani, oqibatda diplomatik missiyaning xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i halok bo‘lgani va uning ikki hamkasbi yaralangani haqida xabar bergan edi.  

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev qurolli hujumni qoralab, uni terakt deb atadi va zudlik bilan tergov qilinishini, aybdorlarning jazolanishini talab qildi. 29 yanvar kuni mamlakatning Tehrondagi elchixonasi xodimlari va ularning oila a’zolari – jami 53 kishi Bakuga evakuatsiya qilindi. Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xalaf Xalafov jurnalistlarga elchixona diplomatik faoliyatini to‘liq to‘xtatganini, biroq Tabrizdagi bosh konsullik normal faoliyat yuritishda davom etishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Eron Ozarbayjon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing