Aliyev Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga hujumni terror deb baholadi
Olam
−
27 yanvar 2023
5625Avval xabar berganimizdek, Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirilgan edi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev elchixonaga uyushtirilgan qurolli hujumni qoralab, uni terrorchilik harakati deb baholadi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida yozgan.
“Bugun Tehrondagi elchixonamizga qarshi sodir etilgan terroristik harakatni qat’iyan qoralayman. Biz ushbu harakatni tezkor tekshirishni va terrorchilarni jazolashni talab qilamiz. Diplomatik vakolatxonalarga qarshi terroristik hujumga yo‘l qo‘yilmaydi”, deb yozgan Ozarbayjon rahbari.
Shuningdek, Ozarbayjon Prezidenti elchixonaga qilingan hujum vaqtida vafot etgan katta leytenant Orxan Askerovning qarindoshlari va do‘stlariga hamdardlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ayxan Hojizoda “TRT Haber” telekanaliga bergan intervyusida Ozarbayjon qurolli hujumdan keyin mamlakat elchixonasi xodimlarini evakuatsiya qilmoqchiligini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar