Rossiya ob’ektlariga dron hujumi uyushtirildi

Olam

image

Rossiyadagi ob’ektlarga to‘rtta dron yordamida hujum qilishga urinish bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Aytilishicha, Moskva viloyati osmonida havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan ikkita dron urib tushirilgan. Yana ikkita dron esa Bryansk viloyati osmonida to‘xtatilgan. Hujum oqibatida vayronalar va qurbonlar yo‘q.

Moskva meri Sergey Sobyanin ham havo hujumidan mudofaa tizimlari Moskva yaqinida ikkita zarba beruvchi dronni urib tushirganini tasdiqlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bitta samolyot Krasnogorsk hududida, ikkinchisi Chatsov hududida urib tushirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 1, 6, 9, 10, 1118, 20 va 21 avgust kunlari ham uchuvchisiz qurilmalar yordamida Moskvaga hujumlar uyushtirilgandi. 20 avgustda Rossiyaning Kursk viloyatidagi temiryo‘l vokzaliga dron qulagandi. Oqibatda besh kishi jarohat oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva dron hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing