Rossiya neftni qayta ishlash sanoati ustidan nazoratni yo‘qotdi – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Ukrainadagi urush tufayli neftni qayta ishlash sanoati ustidan nazoratni yo‘qotganini bildirdi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

“Rossiya, afsuski, Ukraina bilan urush tufayli neftni qayta ishlash sanoati ustidan nazoratni yo‘qotdi”, deb yozgan Tramp.

Amerika Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyadagi ko‘plab neftni qayta ishlash zavodlari portlatilgan va hozirda ularning kamida bir qismi vaqtincha ishlamayapti.

Tramp yana Ukrainaga qarshi “bema’ni va cheksiz urush” tugashi kerakligini qayd etgan.

“Butun dunyo aziyat chekmoqda. Har oy 25 ming kishi, asosan askarlar halok bo‘lmoqda. Qanday sharmandalik!”, degan u.

Tramp joriy iylning 13 sentyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiyaning dizel infratuzilmasiga zarbalar berishni to‘xtatishga chaqirgan edi. Kreml esa AQSH Prezidenti Donald Trampning Ukrainani Rossiyada dizel yonilg‘isi ishlab chiqaruvchi ob’ektlarga hujumlarni to‘xtatishga chaqirganini olqishlagandi. Shundan so‘ng, Rossiya va Ukraina bir-birining energetika infratuzilmasiga zarba berishni to‘xtatishga rozi bo‘lgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing