Rossiya migratsiya sohasida yangicha eksperiment o‘tkazadi
Olam
−
15 aprel 2023
14812Rossiya hukumati 2023 yilda migratsiya sohasidagi axborotni kuzatish va qayd etishning yagona tizimini ishga tushirish bo‘yicha eksperiment o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligining hisobotida so‘z borgan.
Shuningdek, chet el fuqarolari uchun xizmatlarning asosiy qismini raqamlashtirish va immigratsiyadan oldingi markazlarni (O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston) tashkil etish bo‘yicha shartnomalar imzolash rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, joriy yilda Rossiya iqtisodiyoti tarmoqlarining chet eldan mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini baholash metodologiyasini ishlab chiqish va davlat migratsiya siyosati konsepsiyasini 2025 yilgacha yangilash reja qilingan.
Rossiyada migrantlar federatsiyasining sobiq rahbari Vadim Kojenovning fikricha, xorijliklarni migratsiya ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha mavjud mexanizmlar eskirgan bo‘lib, barcha tartib va jarayonlarni isloh qilish talab etiladi. Shu munosabat bilan Kojenov migrantlarga alohida ariza yoki davlat xizmatlari portalidagi akkaunt orqali o‘zini migratsiyaga ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatini berishni taklif qildi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin mehnat muhojirlaridan foydalanish uchun soliq joriy etishni taklif qilgan edi.
LiveBarchasi