Rossiya Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi turnirida ishtirok etadi

Sport

image

Rossiya terma jamoasi 9–21 iyun kunlari Bishkek va Toshkent shaharlarida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) chempionatida ishtirok etadi. Bu haqda 13 mart kuni Tojikiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

2014 yilda tashkil etilgan CAFA Osiyo Futbol Konfederatsiyasining (OFK) beshta mintaqaviy assotsiatsiyasidan biri hisoblanadi. CAFA chempionatida Rossiya terma jamoasidan tashqari Tojikiston, Eron, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Afg‘oniston ishtirok etadi.

Shuningdek, chempionatda qayd etilgan natijalar Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) reytingiga ham ta’sir o‘tkazadi. Formatga ko‘ra, sakkizta jamoa to‘rttadan ikkita guruhga bo‘linadi, to‘rtlik g‘oliblari finalda o‘ynaydi, ikkinchi natija ko‘rsatgan jamoalar uchinchi o‘rin uchun bahsda to‘qnash keladi.

28 fevral kuni FIFA va Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Rossiya va Ukraina atrofida vaziyat keskinlashgani munosabati bilan Rossiya klublari va terma jamoalarini xalqaro musobaqalarda ishtirok etishini taqiqladi. Shundan so‘ng Rossiya terma jamoasi CAFA a’zosi bo‘lgan milliy terma jamoalarga qarshi uchta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Sentyabrda rossiyalik futbolchilar Bishkekda Qirg‘iziston (2:1), noyabrda Dushanbeda Tojikiston (0:0) va Toshkentda O‘zbekiston (0:0) bilan o‘yin o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya CAFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing