Rossiya Markaziy Osiyo fuqarolarini urushga jalb qilish orqali ularga nima taklif qilmoqda?

Tahlil

image

So‘nggi paytlarda axborot maydonida, xususan, muhojirlarga qaratilgan Telegram-kanallarida Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Markaziy Osiyodan odamlarni jalb qilish haqidagi xabarlar ko‘paymoqda. Xabarlarda 1 million rubl olish takliflari va maxsus harbiy qismlarda elita maqomiga ega bo‘lish va’dalari mavjud. Xo‘sh, Rossiya Markaziy Osiyo fuqarolarini Ukrainadagi urushga jalb qilish orqali ularga nima taklif qilmoqda? Bu haqda “Asia-Plus” nashri maqola e’lon qildi.

Ular nimani va’da qilmoqda?

Masalan, “Migranti - vse kak yest” Telegram-kanalidagi bir reklama postlarida shunday deyilgan:

“Shoshilinch! 1 000 000 rubl olishga va Moskva viloyatining elita polkiga kirishga oshiqing!”

Elita polkdagilar mashg‘ulotlarni tugatgandan so‘ng, jangovar hududga jo‘natiladi. Ammo yuqoridagi post keyinchalik o‘chirib yuborilgan.

O‘tgan yili Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobev ushbu elita polk haqida gapirib, uning alohida nazorat ostida bo‘lishini ta’kidlagan edi. Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, vazifa jangovar sharoitlarda o‘zini munosib ko‘rsata oladigan jangovar bo‘linmani yaratishdan iborat bo‘lib, yigitlar jiddiy va puxta tayyorgarlikdan o‘tadi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 2023 yilda 300 ming ko‘ngilli bilan shartnomalar imzolanishini ma’lum qilgandi, bu 2022 yil 21 sentyabrdan 29  oktyabrgacha safarbar qilinganlar soniga teng.

OAV muhojirlarni yollashning bunday usullari Rossiya rasmiylari strategiyasining bir qismi ekanini ta’kidlagan.

“Meduza” nashri yozganidek, muhojirlarga yuqori maosh va’dasidan tashqari, fuqarolik berishni tezlashtirish taklif qilinmoqda yoki aksincha, safarbarlikdan bo‘yin tovlagani uchun deportatsiya bilan tahdid qilinmoqda.

Ayni paytda, urushda qatnashgan Markaziy Osiyodan borgan muhojirlar soni haqida haligacha aniq ma’lumot yo‘qligini ta’kidlash joiz.

BBC rus xizmati o‘tgan yili Markaziy Osiyo davlatlarining kamida 93 nafar fuqarosi (19 nafari Qirg‘iziston, 34 nafari O‘zbekiston va 40 nafari Tojikiston fuqarosi) Rossiya uchun janglarda halok bo‘lganini xabar qilgan.

“Tergov shuningdek, muhojirlar, ayniqsa qamoqxonalardan yollanganlar urushning shafqatsiz haqiqatiga qanday duchor bo‘lishlarini, ko‘pincha qurbon bo‘lishlarini ko‘rsatadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Markaziy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing